Toshkent metropoliteni ilk marotaba bir kunda 1 mln yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi

Soʻnggi vaqtlarda metro xizmatiga boʻlgan talab kun sayin ortib bormoqda va bugun ilk marotaba Toshkent metropoliteni 1 mln yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi, deya xabar beradi “Toshkentmetropoliteni” DUK axborot xizmati.
“Metrodan foydalangan millioninchi yoʻlovchi”ni aniqlash uchun metropoliten masʼul xodimlari ishtirokida maxsus tadbir tashkil qilindi va unda omadli ishtirokchi aniqlab olindi.
Millioninchi yoʻlovchiga metropoliten esdalik sovgʻasi hamda jamoat transportidan 1-yil davomida bepul foydalanish imkonini beruvchi maxsus transport toʻlov kartasi ham topshirildi.
Metropoliten maʼmuriyati Qulay, xavfsiz hamda tezkor transport turi hisoblangan metro 1 mln yoʻlovchiga xizmat koʻrsata boshlaganidan mamnun ekanligini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring