Toshkent ilk bor qoʻl jangi boʻyicha jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda
Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”
Poytaxtimiz Toshkent shahri joriy yilning 5-7-iyun kunlari sportning qoʻl jangi turi boʻyicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Ushbu musobaqa birinchi marta Rossiyadan boshqa davlatda, yaʼni Oʻzbekistonda oʻtkazilmoqda. Nufuzli musobaqa Xalqaro qoʻl jangi federatsiyasi, Oʻzbekiston turizm va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston qoʻl jangi federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi va bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda oʻtkazilyapti. Bellashuvlarda dunyoning 30 dan ziyod mamlakatlardan yetakchi sportchilarning ishtirok etadi.
Bugun ushbu nufuzli musobaqadan oldin matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Xalqaro qoʻl jangi federatsiyasi raisi S. Astaxov, Oʻzbekiston qoʻl jangi federatsiyasi raisi oʻrinbosarlari B. Soatov va B. Mirzaqulov, musobaqa bosh hakami I. Kuftin hamda Ukraina qoʻl jangi federatsiyasi raisi oʻrinbosari A. Kmita va shuningdek bir qator mutasaddi tashkilot vakillari, sportchi va murabbiylar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Unda maʼlum qilindiki, dunyo birinchiligi ikki yoʻnalishda tashkil etiladi va nizomga koʻra 18 yoshdan kattalar erkaklar 9 ta, ayollar esa 8 vazn toifasida gʻoliblik uchun gilamga tushadilar.
Jahon chempionatida yurtimiz sharafini 18-37 yoshlilar oʻrtasida Abdulloh Ahmadaliyev, Fayoz Ahmadov, Jasur Hasanov, Joʻrabek Mavlonov, Sanjar Ravshanov, Jahongir Rasulov, 38-49 yoshli atletlar oʻrtasida Nazirjon Moʻyinov, Iskandar Karimov, Botir Rahmonov, Davron Avvalbayev himoya qiladi.
50-60 yoshlilar oʻrtasida Bahrom Abdullayev, Shuhrat Joʻrayev, Gʻofir Muhiddinov kabi faxriy sportchilarimiz oʻz imkoniyatlarini sinab koʻradilar.
Oʻzbekiston qoʻl jangi federatsiyasi matbuot xizmati tomonidan maʼlum qilinishicha, jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonida terma jamoamiz vakillari 3 bosqichda mukammallashgan dastur asosida oʻquv yigʻin mashgʻulotlarini oʻtkazishdi.
Mezbon davlat sifatida terma jamoamiz aʼzolaridan har bir vazn toifasida ikki nafardan sportchimiz bahslarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlgan va oʻz vaznlarida erkaklardan Bekzod Atajonov, Javohir Sobitov, Gʻiyosiddin Jamoliddinov, Shaxboz Tursunov, Imomali Ergashev kabi jami 18 ta qoʻl jangi ustalari mahoratlarini sinovdan oʻtkazishadi. Ayollar terma jamoamiz aʼzolaridan Shirinoy Zohidova, Nargiza Narziqulova, Guljahon Normatova, Mohichehra Omadova, Maftuna Quvondiqova kabi jami 16 nafar sportchilarimiz gilamga tushadi.
Jahon chempionati Oʻzbekistonda ilk marotaba oʻtkazilayotgan boʻlsada, yurtimiz sportchilari bundan avvalgi dunyo birinchiliklarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelishgan.
Jumladan, 2019- yil Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida oʻtkazilgan jahon chempionatida terma jamoamiz aʼzolari umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egallashgan edi.
Jahon chempionati davomida ishtirokchilarning koʻngilli dam olishlari uchun musobaqalardan tashqari Samarqand, Buxoro viloyatlariga tashrifi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring