Toshkent hokimligi shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Foto: FVV
Toshkent shahar hokimligi poytaxtda kuchli shamol kuzatilayotgani munosabati bilan shahar aholisi va mehmonlarini ogohlikka chaqirdi.
Unga koʻra, ob-havo sharoitining yomonlashuvi sababli simlarning uzilishi, daraxtlarning qulashi va havoda chang miqdori koʻpayishi mumkin.
Bunday hollarda fuqarolar quyidagilarga alohida eʼtibor berishi soʻralgan:
- avtomobillarni daraxtlar va elektr uzatish liniyalari ostida qoldirmaslik;
- koʻchada yurishni cheklang, ayniqsa allergiya yoki changga yuqori sezuvchanligi boʻlganlar;
- shahar boʻylab harakatlanishda ehtiyotkor boʻlish.
“Oʻzingizni, yaqinlaringizni va shaxsiy mulkingizni asrang”, deyiladi hokimlik xabarida.
Shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuz berganda quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish tavsiya etildi: 1050, 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring