Toshkent deklaratsiyasi global ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun uchun “yoʻl xaritasi” boʻlib xizmat qiladi

22:40 09 Aprel 2025 Siyosat
394 0

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Ushbu tarixiy Assambleya Oʻzbekiston parlamenti mezbonligida oʻtkazildi va unda taxminan 130 davlatdan 1400 ga yaqin delegat, shu jumladan 740 nafar parlament aʼzosi, shuningdek 50 dan ortiq xalqaro va kuzatuvchi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Tadbirda 100 dan ortiq parlament spikerlari va spiker oʻrinbosarlari ishtirok etgani geosiyosiy qarama-qarshiliklar kuchaygan bir paytda parlament diplomatiyasi anʼanaviy xalqaro munosabatlarda muhim oʻrin tutishini koʻrsatdi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Parlamentlarning ayol aʼzolari Assambleya ishtirokchilarining 37 foizidan ortigʻini tashkil etdi. Bu 2022-yildan beri Parlamentlararo ittifoq Assambleyasida ayollar ishtirokining eng yuqori koʻrsatkichidir.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Assambleya doirasida 70 ga yaqin turli tadbirlar oʻtkazilib, ularda gender tenglik, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, fuqarolar salomatligini saqlash, ekologiya va iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan Assambleyaning maxsus yalpi majlisidagi nutqida ilgari surilgan muhim tashabbuslar Ittifoq aʼzolari tomonidan yuqori baholandi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Davlatimiz rahbari Ukraina inqirozini BMT rahbarligida, amaldagi xalqaro huquq normalari asosida, Falastin inqirozini esa “ikki xalq uchun – ikki davlat” tamoyili asosida hal etish, Afgʻonistonni oʻz muammolari bilan yolgʻiz qoldirilmaslik, qayta tiklanadigan energiyaga ustuvorlik berish, “yashil” texnologiyalarga oʻtishni ragʻbatlantirish, sunʼiy intellekt sohasida butun dunyoda oʻyin qoidalari bir xil boʻlishini taʼminlash va butun dunyo kambagʻallikdan xalos boʻlish yoʻlini birgalikda izlashi kerakligini ilgari surdi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Assambleyaning yakuniy yalpi majlisida Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasi prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva soʻzga chiqib, barcha ishtirokchilarga chuqur minnatdorlik bildirdi. U oʻz nutqida mazkur anjuman nafaqat tarixiy sanani nishonlash bilan ahamiyatli boʻlganini, balki parlamentlararo hamkorlikning yangi davrini boshlab berganini qayd etdi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Yakuniy yalpi majlisda Parlamentlararo ittifoqning Prezidenti Tuliya Ekson va Bosh kotibi Martin Chungong ham soʻzga chiqib, Assambleya dunyo parlamentlarini bir yuz elliginchi marta bir joyda toʻplagan tarixiy voqea sifatida oʻzining ahamiyatini namoyon etganini, Oʻzbekiston tomonidan barcha zarur shart-sharoitlar yaratilganini va tashkiliy ishlar yuqori darajada amalga oshirilganini alohida eʼtirof etdi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi yakunida Global parlament hamjamiyati ijtimoiy taraqqiyot va adolat yoʻlida parlament harakatlariga bagʻishlangan muhim hujjat – Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. Unda ijtimoiy taraqqiyot borasidagi saʼy-harakatlarni yangilab borishga qaratilgan ishlar, mavjud va yuzaga kelayotgan masalalarga birgalikda yechim topish zaruriyati taʼkidlangan. Mazkur deklaratsiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasidagi nutqida ilgari surgan tashabbuslar qamrab olingan.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Shuningdek, Assambleyada ikkita muhim rezolyutsiya qabul qilindi. “Falastinda ikki davlatli yechimni ilgari surishda parlamentlarning roli” rezolyutsiyasida davlatimiz rahbarining Falastin inqirozi uchun yagona yechim “ikki xalq uchun – ikki davlat” tamoyili asosidagi Isroil-Falastin mojarosini xalqaro huquq asosida tinch yoʻl bilan hal etishda parlamentlarning muhim roli qayd etilgan.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

“Barqaror rivojlanishga qarshi qurolli mojarolar taʼsirini yumshatish boʻyicha parlament strategiyalari” rezolyutsiyasida parlamentlarning tinchlikni targʻib qilish, mojarolarning salbiy taʼsirini yumshatish, infratuzilmani saqlab qolish va gumanitar tamoyillarga rioya etishda tutgan roli alohida qayd etilgan.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Ushbu Assambleya Oʻzbekistonning dunyo parlamentarizmidagi yetakchiligini namoyon etdi. Mazkur nufuzli tadbir xalqaro hamjamiyat mamlakatimizda izchillik bilan olib borilayotgan islohotlarning yorqin samarasi ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasida qabul qilingan muhim hujjat – Toshkent deklaratsiyasi global ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun “yoʻl xaritasi” boʻlib xizmat qiladi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?