Toshkent davlat yuridik universiteti dunyoning TOP-500 oliygohlari roʻyxatiga kirdi
Buyuk Britaniyaning oliy taʼlim sohasiga oid muhim masalalarni yorituvchi va universitetlar faoliyatini baholab boruvchi Times Higher Education tashkiloti oʻzining navbatdagi THE Impact Ranking reytingi natijalarini eʼlon qildi.
Ushbu reytingda Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYUU) dunyoning 94 ta mintaqa va davlatlaridan qatnashgan minglab universitetlar orasida 401-oʻrinni egalladi. TDYUU mazkur reytingda mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalari orasida eng yuqori natijani qayd etdi.
THE Impact Ranking yettita yoʻnalishida ishtirok etib, quyidagi natijalarni qayd etdi:
SDG 4: Quality Education (taʼlim sifati) – 201-oʻrin;
SDG 5: Gender Equality (gender tengligi) – 401-oʻrin;
SDG 8: Decent Work and Economic Growth (munosib ish joyi va iqtisodiy oʻsish) – 201-oʻrin;
SDG 9: Industry, Innovation and Infrastructure (sanoat, innovatsiya va infratuzilma) – 401-oʻrin;
SDG 10: Reduced Inequalities (tengsizlikni qisqartirish) – 401-oʻrin;
SDG 16: Peace, Justice and Strong Institutions (tinchlik, adolat va kuchli institutlar) – 201-oʻrin;
SDG 17: Partnerships for the Goals (barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yoʻlidagi hamkorlik) – 401-oʻrin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring