Toshkent davlat agrar universitetida “Buyuk siymolarga taʼzim” tadbiri oʻtkazildi

Bugun Toshkent davlat agrar universiteti Madaniyat saroyida oʻzbek adabiyoti va tarixining ikki buyuk siymosi – mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda sarkarda, shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan “Buyuk siymolarga taʼzim” nomli bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbir milliy maʼnaviyatimizni ulugʻlash, yosh avlodga buyuk ajdodlarimizning boy ijodiy merosini yetkazish va ularning oʻlmas gʻoyalarini targʻib qilish maqsadida tashkil etildi.
Tadbirni Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov ochib berib, oʻz nutqida buyuk siymolar ijodini oʻrganish va targʻib qilishning ahamiyati haqida toʻxtalib oʻtdi. Tadbirda taniqli olimlar, adabiyotshunoslar, sanʼatkorlar, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Navoiy va Bobur ijodi boʻyicha oʻtkazilgan tanlov gʻoliblari taqdirlandi, olimlar va adabiyotshunoslar esa ushbu ikki buyuk shaxsning hayoti va ijodi haqida qimmatli maʼlumotlar taqdim etdilar.
Badiiy qismda ishtirokchilarga mumtoz kuy-qoʻshiqlar, sahna koʻrinishlari va adabiy chiqishlar namoyish etilib, tadbir haqiqiy maʼnaviy bayram tusini oldi. Ushbu tadbir yosh avlodni buyuk ajdodlarimiz merosiga boʻlgan hurmat ruhida tarbiyalash va ularning ijodiy hamda ilmiy merosini yanada chuqur oʻrganishga undashga xizmat qildi.
Shahzoda ERGASHEVA,
OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring