Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent davlat tibbiyot universiteti oʻrtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi
Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent davlat tibbiyot universiteti oʻrtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi. Bu haqda TDAU axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur kelishuv doirasida kelgusida bioaktiv moddalarga asoslangan tibbiy va agrobiologik preparatlar yaratish, sogʻlom ovqatlanish, funksional va parhez mahsulotlar boʻyicha qoʻshma tadqiqotlar, biomedic algoritmlar va sunʼiy intellektga asoslangan diagnostika tizimlarini ishlab chiqish yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, ikki taʼlim muassasasi oʻrtasida startaplar, texnoparklar va transfer markazlari bilan hamkorlikni kengaytirish, ilmiy laboratoriyalar, klinik bazalar, tajriba maydonlari va oʻquv markazlaridan oʻzaro foydalanish, genomika, molekulyar biologiya, biokimyo va yuqori texnologik uskunalardan foydalanishda koʻmaklashish, qoʻshma laboratoriyalar tashkil etish kabi yoʻnalishlarda tashabbuslar amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring