Toshkent aeroportida terminallararo bepul avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi

Toshkent aeroportining mahalliy va xalqaro aviaqatnov terminallari oʻrtasida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi. UzPort stikerli avtobus har kuni soat 05.00 dan 23.30 gacha xizmat koʻrsatadi.
“Biz yoʻlovchilardan terminallarni bir-biriga bogʻlash bilan bogʻliq koʻplab murojaatlar oldik. Yoʻlovchilar ayrim hollarda terminallarda adashtirib notoʻgʻri terminalga kelishadi. Shahardagi terminallar orasidagi masofa taxminan 4 km. Tezkor usul — taksidan foydalanish, ammo taksi narxi har doim ham barcha toifadagi fuqarolar uchun maqbul emas. Ushbu vaziyatni inobatga olgan holda, Uzbekistan Airports terminallararo qatnovchi avtobusni test rejimida yoʻlga qoʻyishga qaror qildi”, — deya izox berdi boshqaruv kompaniyasi matbuot xizmati.
Terminallararo transport har soatda jadvalga muvofiq harakatlanadi. Xalqaro aviakoqatnovlar terminalida avtobus joʻnab ketish zali yonidagi toʻxtash joyida avtobuslar uchun ajratilgan yoʻlak boʻylab harakatlanadi, mahalliy terminalda esa kirish eshigi yonigacha boradi.
Avtobus xizmatlaridan hamma barcha hohlovchilar mutlaqo bepul foydalanishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring