Toshkent aeroportida sayyohlik kompaniyalari uchun infotur tashkil etildi
“Toshkent” xalqaro aeroportida mamlakatimiz bosh havo bandargohi orqali sayyohlarni ham qabul qilish, ham joʻnatish bilan shugʻullanuvchi turoperatorlar vakillari uchun infotur boʻlib oʻtdi.
Tadbirdan koʻzlangan maqsad xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, yangilanayotgan aeroport infratuzilmasi, yangi savdo shoxobchalari, umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish nuqtalari, yuqori qulaylikdagi zallar, aeroportning qoʻshimcha xizmatlari haqida maʼlumot berish, shuningdek, turizm sanoati vakillarining fikr-mulohazalarini olishdan iborat edi.
“Uzbekistan Airports” xodimlari xalqaro aviaqatnovlar terminalining uchib kelish va uchib ketish zallari boʻylab ekskursiya oʻtkazib, turoperatorlarning barcha savollariga javob berishdi. Shuningdek, tadbir doirasida mehmonlar mahalliy “Silk Avia” aviakompaniyasi samolyoti bortiga chiqishdi, unda turli boʻlimlar rahbarlari aviatashuvchining faoliyati haqida batafsil soʻzlab berishdi.
Tadbir yakunida davra suhbati boʻlib, unda sayyohlik kompaniyalari va aeroport vakillari oʻzaro fikr almashib, hamkorlikni yanada rivojlantirish istagini bildirdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring