Toshhovuzda zamonaviy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishga tushirildi
Yozyovon tumanini Fargʻona vodiysi hududlari bilan bogʻlovchi avtomobil yoʻlining “Toshhovuz” MFY hududidan oʻtgan qariyb 10 km qismida tunu kun faoliyat koʻrsatuvchi zamonaviy xizmat koʻrsatish shoxobchalari foydalanishga topshirildi.
Shu yilning erta koʻklamidan boshlangan ishlar doirasida yoʻl boʻyidagi ochiq melioratsiya zovuri yopiq tarmoqqa aylantirildi. Natijada “drayver” loyihalar ijrosiga kirishilib, 35 ta xizmat koʻrsatish obyektlari tashkil etish va 100 ga yaqin ish oʻrni yaratish vazifasi belgilandi. Bu orqali esa byudjetga yiliga qoʻshimcha 150 mln soʻm tushumlar jalb etish hamda xizmat koʻrsatish hajmiga 1,5 mlrd soʻm mablagʻ qoʻshilishi koʻzda tutilgan.
Mustaqilligimiz bayramining 34-yilligi arafasida ushbu loyiha viloyatda birinchilardan boʻlib foydalanishga topshirilgani tufayli yoʻl boʻyida zamonaviy xizmatlar majmuasi yaratildi.

—Moʻjazgina bogʻimida limon parvarishini yoʻlga qoʻyganmiz, —deydi mehnat faxriysi Ahmadjon Ismoilov. — Ezgu tashabbus doirasida oila aʼzolari oʻzaro kelishgan holda birinchilar qatorida tadbirkorlik faoliyatini boshladik. Bu yerda tabiiy limon mahsulotlari sotish orqali “Yozyovon sharbatlari” brendini yaratishni maqsad qilganmiz.
Aytish joiz, mazkur loyihani amalga oshirish uchun zamonaviy infratuzilma shakllantirish maqsadida respublika byudjetidan 1 mlrd 200 mln soʻm mablagʻ ajratildi. Kanalizatsiya va irrigatsiya tarmoqlari tortilib, elektr taʼminoti uchun transformator va koʻcha chiroqlari oʻrnatildi. Shuningdek, bugungi kunga qadar 25 ta yengil tipdagi savdo doʻkonlari qurib bitkazildi. Xizmat koʻrsatish obyektlari toʻliq jihozlandi va belgilangan talablar asosida tadbirkorlarga ijara shartnomalari asosida ajratib berildi.
Bir kecha-kunduzda ushbu yoʻlda oʻrtacha oʻn ming avtomashina harakatlanishi yangi loyihaning kelajagi juda istiqbolli ekanligidan dalolat beradi.
Botir MADIYOROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring