To‘rt viloyatda pora olayotgan advokatlar qo‘lga tushdi
Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida advokatlarning noqonuniy qilmishlari fosh etildi. Bu haqda Telegramdagi “Xavfsizlik” kanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Dehqonobod tuman sudida ko‘rilayotgan jinoyat ishidagi ayblanuvchiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishida sud tizimidagi tanishlari orqali yordam berish evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida mazkur tumanda faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi advokati D.A. ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik firmasi advokati X.A. ayblanuvchiga nisbatan mansabdor tanishlari orqali yengil jazo tayinlatib, uni ozodlikka chiqartirib berish evaziga 20 mln so‘m va 500 dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Vobkent tumanida advokatlik byurosi advokati N.G‘. aybdor deb topilgan fuqaroga nisbatan sudning 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash bo‘yicha chiqargan hukmini o‘zining mansabdor tanishlari orqali 1 yil 2 oy muddatda yakunlatib berish evaziga 1200 dollar olgan vaqtida ushlangan.
Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik firmasining muqaddam sudlangan advokati B.A. ham fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudda ko‘rib chiqilayotgan er-xotin o‘rtasidagi nikohni vakolatli tanishlari orqali bekor qildirib berish evaziga 1100 dollar olgan vaqtida qo‘lga tushgan.
Shirin shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik firmasi advokati B.Q. ayblanuvchiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishida sud organlaridagi mansabdor tanishlari orqali yordam berish evaziga 800 dollar va 2,5 mln so‘m olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Manbaga ko‘ra, hozirda mazkur advokatlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring