Toʻrt oyda Oʻzbekistonga 3,1 million nafardan ortiq chet ellik tashrif buyurdi
2025-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonga 3,1 million nafardan ortiq chet el fuqarosi turistik maqsadlarda tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi. Qoʻmita xabariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 987,9 ming nafarga yoki 46,4 foizga koʻpaygan.
Maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonga eng koʻp sayyohlar qoʻshni Qirgʻiz Respublikasidan tashrif buyurgan — 942,2 ming nafar. Ikkinchi oʻrinda Tojikiston fuqarolari boʻlib, ularning soni 793,9 ming nafarni tashkil etgan. Qozogʻistondan esa 617,2 ming nafar sayyoh kelgan.
Rossiyadan tashrif buyurgan sayyohlar soni 240,1 ming nafarga yetgan boʻlsa, Afgʻonistondan 156,6 ming nafar, Turkmanistondan esa 109,6 ming nafar sayyoh kelgan.
Turkiyadan 49,4 ming nafar, Xitoydan 38,1 ming nafar, Hindistondan esa 22,6 ming nafar turist Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Shuningdek, Italiyadan 11,1 ming nafar sayyoh kelgani qayd etilgan. Boshqa davlatlardan esa jami 136,8 ming nafar turist Oʻzbekistonga kelgan.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni yil sayin oshib borayotgani kuzatilmoqda. Bu esa mamlakatning turistik salohiyati oshib borayotganidan dalolat beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring