To‘rt oyda O‘zbekistonda 153 nafar o‘smir o‘z joniga qasd qilgan

14:27 18 May 2018 Jamiyat
5977 0
Foto: Likar.info

2018 yilning 1 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda voyaga yetmagan o‘rtasida 153 ta o‘z joniga qasd qilish holati qayd etilgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida o‘z joniga qasd va suiqasd qilishning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida 01.05.2018 yil holatiga voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi suitsid holatlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10 (163/153) taga kamaydi, deyiladi xabarda.

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik darajasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 35,9 foizga (239/373) va jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar sonining 37,9 foizga (289/466) kamayishiga erishildi.

Qizlarni erta turmushga berish holatlarini oldini olish maqsadida erta turmushning salbiy oqibatlari va qonunchilikda belgilangan javobgarlik xususida 1.447 ta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi, 107 ta holatda erta turmush qurishning oldi olindi, 3 ta erta turmush qurish holati aniqlanib, 7 nafar aybdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?