Toqayev SHHTning Ostona sammitida qancha hujjat muhokama qilinishini ochiqladi

13:36 21 May 2024 Dunyo
272 0

Arxiv surat

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvda shu yilning 3-4-iyul kunlari Ostona shahrida boʻlib oʻtadigan SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari sammitida 20 dan ortiq hujjatlar muhokama qilishini maʼlum qildi.

«Mamlakatlarimiz uchun muhim boʻlgan ushbu Forumni sifatli tayyorlash uchun Tashqi ishlar vazirlari kengashiga katta masʼuliyat yuklangan.

Hujjatlar va qarorlarning mustahkam toʻplamini birlashtirishdagi mehnatingizni yuqori baholayman.

Shu kabi 20 dan ortiq hujjat Davlat rahbarlari kengashiga koʻrib chiqish uchun taqdim etildi.

Ishonchim komilki, ularning samarali amalga oshirilishi SHHT doirasidagi har tomonlama sheriklikni mustahkamlashga salmoqli hissa qoʻshadi», – dedi Toqayev.

Qozogʻiston rahbari 3-4-iyul kunlari boʻlib oʻtadigan SHHTning Ostona sammiti «Koʻp tomonlama muloqotni mustahkamlash – barqaror tinchlik va taraqqiyotga intilish» shiori ostida oʻtkazilishini aytdi.

«Ushbu kun tartibi SHHTning asosiy maqsadlaridan biri – mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlashni toʻliq aks ettiradi, bu borada Tashqi ishlar vazirlari kengashiga katta umidlar qoʻyiladi SHHT Davlat rahbarlari kengashining Ostonada boʻlajak yigʻilishini muvaffaqiyatli oʻtkazishga hissa qoʻshadi», – dedi Toqayev

SHHT 2001-yilda tashkil etilgan. Unga Hindiston, Eron, Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va Oʻzbekiston aʼzo hisoblanadi. Afgʻoniston, Belarus va Moʻgʻuliston uning kuzatuvchi davlatlari, Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, BAA, Turkiya va Shri-Lanka esa hamkor mamlakatlari hisoblanadi.

2023-yilning iyul oyida Nyu-Dehlida boʻlib oʻtgan SHHT sammitida Eron tashkilotga toʻlaqonli aʼzo boʻldi. Shuningdek, oʻsha sammitda Belarus tashkilotga aʼzo davlat maqomini olish uchun majburiyatlar toʻgʻrisidagi memorandumni imzolagandi. Shu yilning iyul oyida boʻlib oʻtadigan sammitda Belarus SHHTning toʻlaqonli aʼzosiga aylanishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?