“Toʻpalang” suv ombori xavfsizligi qay darajada taʼminlangan?
Sariosiyo tumanidagi “Toʻpalang” suv ombori 1982-yilda qurib boshlangan boʻlib, loyiha quvvati 500 million kub metr.
“Toʼpalang HPD Platinum” MCHJ direktori oʻrinbosari Saʼdulla Asadovning maʼlumot berishicha, suv ombori toʻgʻonining balandligi 165 metr, yana 22 metr yer ostiga poydevor qilingan, ikkalasi qoʻshilganda 187 metrni tashkil qiladi. Suv ombori oʻtgan yilning oʻzida jami 450 million kub metr suv yiqqan.

S.Asadov toʻgʻonga ortiqcha suv kelishi ehtimoli mavjudmi yoki ehtimoldan yiroqmi degan savolga ham javob berdi. Unga koʻra, tarixda koʻp suv kelgan holatlar ham boʻlgan, toʻgʻonni qurishda bu ham hisobga olingan va toʻgʻon ostidan suv oʻtkazgichlar oʻtkazilgan, kanal ham mavjud. Ortiqcha kelganida suv ular orqali chiqarib yuboriladi.
Mutasaddilar toʻgʻon xavfsizligini taʼminlash, favqulodda holatlarni oldini olish borasida ham maʼlumot berdi. Maʼlum qilinishicha, yaqinda Fransiyadan kelgan mutaxassislar toʻgʻonning sifati boʻyicha oʻrganishlar olib borgan va ijobiy baholagan.
Toʻgʻon boshqaruvi avtomatlashtirilgan boʻlib, xorijdan keltirilgan nazorat, oʻlchov, kuzatish moslamalari jarayonni muntazam nazorat qilib boradi. Bundan tashqari toʻgʻon oʻrtasiga ham maxsus datchiklar oʻrnatilgan va ular barcha maʼlumotlarni qayd qilib boradi. Hozirda toʻgʻonga yaqin joylashgan 10 ta mahallaga bittadan maʼlumotlarni yetkazib turuvchi ovoz kuchaytirgich apparatlari oʻrnatilmoqda. Shuningdek, seysmostansiya ham zilzilaning toʻgʻonga taʼsirini kuzatib boradi.
Inobat AHATOVA, “Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
- “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring