Tomorqasida 55 ming tupdan ortiq koʻknori oʻstirayotgan shaxs aniqlandi
Videodan kadr
Fargʻona viloyati Dangʻara tumanida yashovchi fuqaro tomorqasida 55 ming tupdan ortiq koʻknori oʻstirayotgan aniqlandi, deb xabar bermoqda IIV.
Maʼlum qilinishicha, Dangʻara tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaroning tomorqasida 55 ming tupdan ortiq koʻknori va 40 dan ortiq nasha oʻsimligini oʻstirilayotgani aniqlangan.
Shuningdek, uy boloxonasida 600 grammdan ortiq quritilgan nasha giyohvandlik moddasini saqlayotgani fosh etilgan.
Fargʻona shahrida oʻtkazilgan tadbir davomida esa “Tabassum” mahallasida yashovchi, 1992-yilda tugʻilgan shaxs oʻz xonadonida 10,9 kg “opiy”, 10 gramm “gashish” giyohvandlik moddasini sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlangan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Samarqand viloyatida 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan ikki nafar shaxs qoʻlga olingani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring