Tomorqada limon yetishtirish ommalashmoqda
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Baliqchi tumanidagi har bir xonadonda tomorqadan unumli foydalanish yoʻlga qoʻyilgan. Ayniqsa, limon yetishtirishda oʻziga xos tajriba maktabi yaratildi. Misol uchun, “Navnihol” mahalla fuqarolar yigʻinidagi 200 ta xonadonning har birida limon yetishtirish orqali yiliga 15-20 mln. soʻm qoʻshimcha daromad olinmoqda.
— Yigʻib olingan hosilni sholi toʻponi orasida saqlaymiz, — deydi ushbu mahallada yashovchi Ahmadillo Sobirov. — Bu uni kelgusi hosil mavsumiga qadar saqlash imkonini beradi. Joriy yilda 3 tonna hosil yigʻib olishni rejalashtirganman. Qolaversa, 6 sotixdan iborat issiqxonadagi limon koʻchatlari orasida poliz mahsulotlarini ham yetishtiramiz.
Bu boradagi tajribani ommalashtirish orqali aholi bandligini taʼminlash, qoʻshimcha daromad manbaiga ega qilish ishlari davom etmoqda. Shu yilning oʻzida Sarnovul mahallasidagi 300 ta xonadonda ham issiqxonalar tashkil etilib, limon koʻchatlari ekildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring