Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati uzaytirildi
Foto: Muhsinjon Umurzoqov / Xalq soʻzi
Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun toʻlovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirilgan.
Unga koʻra:
- bazaviy yoki tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
- PF–213-son (31.08.2022-y.) Farmoni asosida qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun ajratilgan qoʻshimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);
- oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) talabalar.
Bunda:
- qabul parametri doirasida oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymatining kamida 25 foizi miqdorida;
- tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt (super) asosida oʻqish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik oʻqitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirishi lozim.
Qoʻshimcha qilinishicha, amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring