“Tolibon” Vashingtonga AQSH qoʻshinlarini oʻz vaqtida olib chiqmasa jiddiy javob qaytarish bilan tahdid qildi

19:13 23 Avgust 2021 Dunyo
1725 0

Foto: AP

“Tolibon” harakati 31-avgustgacha AQSH oʻz qoʻshinlarini Afgʻonistondan butunlay olib chiqib ketishini talab qilmoqda.

“Tolibon” harakati rahbarlari Vashingtonga AQSH qoʻshinlari Afgʻonistondan oʻz vaqtida olib chiqilmagan taqdirda harbiy javob beish bilan tahdid qildi. Bu haqda "RIA Novosti" harakat vakiliga tayanib xabar berdi.

Agentlik manbasiga koʻra, agar AQSH 31-avgustga qadar mamlakatdan harbiy kontingentini olib chiqmasa, javob choralari qattiq boʻlishi mumkin.

Oldinroq, “Tolibon” matbuot kotibi Suxail Shahin AQSHga ham, Buyuk Britaniyaga ham evakuatsiya uchun qoʻshimcha vaqt ajratilmasligini aytgan edi. 

«Bu qizil chiziq. AQSH prezidenti Jo Bayden 31-avgustgacha barcha harbiy kuchlarini olib chiqib ketishini eʼlon qilgan", - deydi Shahin.

Bundan oldin AQSH prezidenti Jo Bayden Kobul aeroportidan AQSH harbiylari va mamlakat bilan hamkorlik qilgan afgʻon fuqarolarini evakuatsiya qilish muddatini uzaytirish haqida oʻylayotgani haqida xabarlar paydo boʻlgan edi.

Baydenning taʼkidlashicha, yakuniy qaror AQSH qoʻshinlar qancha odam evakuatsiya qilishga ulgurganiga bogʻliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?