Shavkat Mirziyoyev Yaponiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi

18:32 18 Dekabr 2025 Siyosat
299 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Rasmiy tashrif bilan Tokio shahriga kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Yaponiyada mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz qizgʻin kutib oldi. Davlatimiz rahbari ular bilan suhbatlashdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yurtdoshlarimizning orzu-umidlari, maqsad va rejalari haqida ochiq va samimiy muloqot boʻlib oʻtdi.

Prezidentimiz vatandoshlarimizga ishi va oʻqishida muvaffaqiyatlar tilab, ular kunchiqar yurtda orttirgan bilim va tajribalar Vatanimiz taraqqiyoti hamda xalqimiz farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер