“Tolibon” tinch aholidan qurollarni tortib olishni boshlagan — OAV

16:01 16 Avgust 2021 Dunyo
1350 0

Foto: Reuters

Joriy yilning 15 avgust kuni Afgʻonistonda hokimiyatni qoʻlga olgan “Tolibon” harakati tinch aholidan qurollarni yigʻishtirib olishni boshlagan. Bu haqda «Reuters» axborot agentligi “Tolibon” vakiliga tayanib xabar bermoqda.

“Biz odamlar shaxsiy xavfsizligi uchun qurol saqlashini tushunamiz. Endi ular oʻzlarini xavfsiz his qilishlari mumkin. Biz, bu yerda begunoh fuqarolarga zarar yetkazish uchun emasmiz”, deydi harakat vakili.

Oldinroq harakat urush tugaganiga haqida bayonot bergan edi.

15-avgustda “Tolibon” harakati Afgʻonistonning butun hududiga nazorat oʻrnatganini eʼlon qildi. Uning vakillari Kobuldagi davlat televideniyasini oʻz qoʻliga oldi va murojaat bilan chiqib, fuqarolarni tinchlikni saqlashga chaqirdi. 

“Tolibon” Kobulga kirib kelishi bilan poytaxt aeroportida vaziyat murakkablashdi. Minglab mamlakatni noqonuniy tark etishga urinmoqda. Tartibni saqlash uchun AQSH harbiylari havoga oʻq uzdilar. Otishma va tiqilinch oqibatida bir necha kishi halok boʻlgan.

Shuningdek, aeroport barcha tijorat reyslarni toʻxtatgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?