Tolibon rahbariyatini qoʻlga olish uchun Bin Ladenga eʼlon qilgandan koʻra koʻproq mukofot puli ajratamiz — AQSH davlat kotibi

AQSH Tolibonning yuqori martabali rahbarlarini qoʻlga olish uchun Usama bin Laden uchun belgilangandan kattaroq mukofot eʼlon qilishi mumkin, deb xabar bermoqda “Newsweek” nashri.
Maʼlumotlarga koʻra, Tolibon garovda ushlab turgan amerikaliklarning soni avval xabar qilingandan koʻproq boʻlishi mumkin. Agar bu maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topsa AQSH Tolibon rahbariyatini qoʻlga olish uchun katta miqdordagi mukofot puli berishini eʼlon qilgan.
Taʼkidlanishicha, Tolibon hukumati 2022-yilning avgust oyida ish safarida boʻlib turgan ikki nafar amerikalikni hibsga olgan. Tolibon AQSH bilan munosabatlarni normallashtirishga intilayotgan bir vaqtda bu kabi mojarolar salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
“Tolibon xabar qilinganidan koʻra koʻproq amerikaliklarni garovda ushlab turgani haqida maʼlumot oldik. Agar bu rost boʻlsa, biz darhol ularning yuqori rahbarlarini qoʻlga olish uchun Bin Ladenni ushlash uchun eʼlon qilgan mukofot pulidan ham koʻprogʻini eʼlon qilishga tayyormiz”, — deb yozgan Rubio oʻzining X sahifasida.
Eslatib oʻtamiz, Marko Rubio 21-yanvar kuni 99 nafar senator ovozi bilan AQSH davlat kotibi lavozimiga tasdiqlangan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring