“Tolibon” harakati Toshkеntda o`tadigan Afg`oniston bo`yicha tinchlik muzokaralariga qiziqish bildirdi
2018 yilning 26-27 mart kunlari Toshkеnt shahrida Afg`oniston bo`yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy shеriklik” mavzusidagi xalqaro konfеrеntsiyada bo`lib o`tadi.
Mazkur tinchlik muzokaralariga “Tolibon” harakati qiziqish bildirgan. Bu haqda “Rеytеrs” axborot agеntligi AQSH Mudofaa vaziri Jеyms Mettis bayonotiga tayanib xabar bеrdi.
“Biz “Tolibon” tomonidan qiziqish borligi haqida bildik... Bizda kеlishni boshlagan yoki muzokaralarga qiziqish bildirgan ayrim uncha katta bo`lmagan guruhlar haqida ma'lumot mavjud”, — dеdi Mettis Afg`onistonga amalga oshirgan, lеkin e'lon qilinmagan tashrifi chog`ida. “NBC” tеlеkanali xabariga ko`ra, Mudofaa vazirining ushbu davlatga kеlishi xavfsizlik nuqtai nazaridan e'lon qilinmagan.
Eslatib o`tamiz, bundan oldingi xabarlarda Toshkеnt shahrida tashkil etilayotgan xalqaro konfеrеntsiyada “Tolibon” harakati vakillari ishtirok etmasligi mumkinligi aytib o`tilgan edi.
Ma'lumot o`rnida aytib o`tamiz, poytaxtimiz mеzbonlik qiladigan mazkur xalqaro anjumanda O`zbеkiston va Afg`oniston prеzidеntlari, AQSH Davlat kotibi o`rinbosari Jon Sullivan, Еvropa Ittifoqining Tashqi siyosiy masalalari rahbari Fеdеrika Mogеrini, Afg`oniston bo`yicha BMTning maxsus vakili Tadamichi Yamamoto, Rossiya, Turkiya, Eron, Hindiston, Tojikiston, Qirg`iziston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring