“Tolibon” AQSH qoʻshinlarini olib chiqishning oxirgi muddatini maʼlum qildi
Foto: AP
“Tolibon” harakati AQSH qoʻshinlarini olib chiqishning oxirgi muddatini maʼlum qildi.
Unga koʻra, joriy yilning 31-avgust Amerika Qoʻshma Shtatlari qoʻshinlarini olib chiqishining oxirgi muddati hisoblanadi.
Bu haqda “Sky News” telekanali harakat vakili Suxail Shahinga tayanib xabar berdi.
“Bu qizil chiziq. AQSH prezidenti Jo Bayden 31-avgustgacha barcha harbiy kuchlarini olib chiqib ketishini eʼlon qilgan”, deydi Shahin.
Shuningdek, “Tolibon” AQSH va Buyuk Britaniyaga harbiylarni evakuatsiya qilish uchun qoʻshimcha vaqt berilishini rejalashtirmayapti.
15-avgustda Kobulga kirib kelgan “Tolibon” Afgʻoniston hududida toʻliq nazorat oʻrnatilganini eʼlon qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring