Tokio-2020ning ilk chempioni aniqlandi, u oʻq otish sporti vakilasi
Bugun ertalabdan Yaponiyaning Tokio shahrida XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarining asosiy musobaqalariga start berildi. Hamyurtlarimiz orasida birinchi boʻlib oʻq otish sportida ishtirok etayotgan yagona vakilamiz Muxtasar Toxirova oʻz omadini sinab koʻrdi.
Afsuski, yosh va umidli sportchimiz 10 metrga miltiqdan otish bahslarida kutilgan natijani qayd etolmadi. Yakunda u oʻz ishtirokini 33-oʻrinda yakunladi.
Ushbu yoʻnalishda 1-oʻrinni Xitoy vakilasi Kian Yang qoʻlga kiritdi va Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlarining ilk chempioni sifatida tarixga kirdi.
Kumush medal rossiyalik Anastasiya Galashinaga nasib etgan boʻlsa, Shveysariya terma jamoasi aʼzosi Nina Kristen oʻz uyiga bronza medali bilan qaytadigan boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring