Toyloqda “Ayollar daftari”ga kirgan xotin-qizlarga yordam berildi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Toyloq tumanining Muborak mahallasida yashovchi Mavluda Ahmedova 2022-yilda 16 million 800 ming soʻm kredit olib, tomorqasida 2 sotixli issiqxona tashkil etgan edi. Bugungi kunda bu yerdan millionlab daromad topyapti. Mavluda opa bir yilda 2-3-marta ekin ekib, hosilini bozorga sotib, oilasiga qoʻshimcha daromad kiritmoqda.

— Issiqxonaga fevral oyida pomidor koʻchat ekib parvarishlaymiz, — deydi M.Axmedova. — “Ilik uzildi” pallada hosil pishib yetiladi. Bu vaqtda bozorlarda pomidorning narxi ancha baland boʻladi. Avgust sentyabr oyida bodring ekib, hosil olamiz.
Abdullayeva Feruzabonu ham mahallaning faol tadbirkor ayollaridan. U xonadonidan oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotini ochib, 2 ta ish oʻrni yaratdi. Hozirda 25 nafar bolajonlarga taʼlim-tarbiya berib, koʻpning duosini olmoqda.

Mahallada 4364 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan, 2261 nafar xotin-qizlarni tashkil etadi. Ishsiz ayollar soni 22 ta. “Ayollar daftari”ga 95 nafar xotin-qizlar kiritilib, koʻmak berilmoqda, Joriy yilda 13 nafar xotin-qizlar kredit olib, oilaviy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmoqda. 1 nafar ayolga subsidiyaga issiqxona qurib berilgan boʻlsa, 1 nafariga tikuv mashinasi subsidiyaga berildi. 4 nafari doimiy ishga joylashtirildi. Qolgan 11 nafari pillachilikka band qilindi. 12 nafariga moddiy yordam berildi. 1 nafariga operatsiya uchun pul oʻtkazib berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring