Togʻlar orasidan vodiy sari yoʻl — “Qamchiq” dovonidan fotoreportaj
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari ijodiy jamoasi bu safar Andijon viloyatiga xizmat safari uyushtirdi. Yoʻlimiz, tabiiyki, Oʻzbekistonning eng muhim va betakror maskanlaridan biri — “Qamchiq” dovonidan oʻtdi.
Dovon oʻzining goʻzalligi, tabiat bilan uygʻunlashgan zamonaviy yoʻl infratuzilmasi hamda har faslda har-xil tus oluvchi manzaralari bilan kishini hayratga soladi. Bahorning soʻnggi kunlari boʻlishiga qarmay dovonidagi salqin havo kishiga oʻzgacha huzur bagʻishlaydi.
Dovon boʻylab harakatlanar ekansiz, bu yerda mamlakatimizning oʻziga xos gastronomik manzillariga ham guvoh boʻlasiz.
Mazasi boshqa joylarda uchramaydigan turli non va patirlar, shirinliklar, qurtlar va boshqa poliz mahsulotlari bu yerdan oʻtuvchi biror kishini befarq qoldirmaydi.
“Qamchiq” dovoni — Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega. Chunki u Oʻzbekiston poytaxtini Fargʻona vodiysining aholisi zich joylashgan uch viloyati – Namangan, Andijon va Fargʻona viloyatlari bilan bogʻlaydi. Dovonda har kuni minglab avtomobillar harakatlanadi.
2000-yil sentyabr oyida “Qamchiq” va “Rezak” dovonlarida umumiy uzunligi 2486 metr boʻlgan ikkita tunnel foydalanishga topshirildi.
Keyingi yillarda “Qamchiq” dovonida bir nechta muhandislik-himoya inshootlari majmuasi — maxsus galereyalar, qorni ushlab turuvchi qalqonlar, koʻchki toʻgʻonlari va tormoz xanjarlari barpo etildi. Dovonning maksimal balandligi dengiz sathidan 2268 metrni tashkil etadi.
Yunus BOʻRIYEV, Otabek SAIDAHMADOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring