Toʻfon tufayli Floridaning besh milliondan ortiq aholisi evakuatsiya qilindi
Foto: AP
“Milton” toʻfoni tufayli AQSHning Florida shtatida yashovchi besh milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi. “New York Times” nashrining yozishicha, bu shtat tarixidagi eng yirik evakuatsiyalardan biri hisoblanadi.
“5,5 milliondan ortiq odam Floridaning gʻarbiy sohilini tark etishga majbur boʻldi. Bu shtat tarixidagi eng yirik evakuatsiyalardan biri”, — deyiladi manbada.
Gazetaning yozishicha, rasmiylar shtat aholisini eng yaqin boshpanalarga borishga va uzoqqa ketmaslikka chaqirgan. Aholi evakuatsiya qilish toʻgʻrisidagi buyruqni jiddiy qabul qilgani sababli koʻp hududlar huvullab qolgan.
Shu yilning 6-oktyabr kuni Florida hukumati “Milton” toʻfoni yaqinlashib kelayotgani sababli shtatning bir necha oʻnlab okruglarida favqulodda holat eʼlon qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring