TXVU talabalari O.Uayldning “Jiddiy boʻlish ahamiyati” pyesasini sahnalashtirdi

21:19 27 Aprel 2023 Madaniyat
1007 0

Foto: TXVU Axborot xizmati

Shu yilning 27-aprel kuni Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU)ning Drama Club (teatr klubi) tomonidan sahnalashtirilgan O. Uayldning “Jiddiy boʻlish ahamiyati” pyesasi Yosh tomoshabinlar teatri sahnasida namoyish etildi.

Namoyishni koʻrish uchun Yosh tomoshabinlar teatriga koʻplab nufuzli mahalliy va xalqaro tashkilotlar vakillari tashrif buyurdi.

TVXU huzuridagi Drama Club bu yil oʻzining17-mavsumini nishonlaydi. Klub faoliyati davomida klub 248 talaba ishtirokida 17 asarni sahnalashtirgan boʻlib, Agata Kristining “Qopqon” va “Ayblov guvohi” pyesalari hamda Gans Xristian Andersenning “Qirolning yangi koʻylagi” ertagi shular jumlasidandir.

Klubda faol ishtirok etgan talabalar, klub ularga aktyorlik va kreativ mahorati, nutq madaniyati, notiqlik sanʼati, ovozni sozlash va xotirani kuchaytirish kabi professional hayotda zarur boʻladigan malakalarni oʻrganish imkonini berganini alohida qayd etishdi.

Spektaklga TVXU bitiruvchisi, 48 Hour Film Race MDH davlatlari professional va havaskor rejissyorlari orasida oʻtkaziladigan tanlovning oʻtgan yilgi sovrindori Abdurashid Yakubov rejissyorlik qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?