“Timur Kapadze Kopa Junior” bolalar futbol maktabi faoliyatini boshladi
Fargʻona shahrida “Timur Kapadze Kopa Junior” bolalar futbol maktabi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Aytish joiz, keyingi yillarda Fargʻona viloyatida “millionlar oʻyini” boʻlgan futbolni jadal rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni tarbiyalashga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Ayni jarayonda tajribali murabbiylar hamda faxriy sportchilar ham keng jalb etilayotgani yutuqlar omilini taʼminlashda muhim omil boʻlayotir. Eng ulugʻ, eng aziz bayram – istiqlolimizning 34-yilligi arafasida viloyatda yana bir zamonaviy futbol maktabi ish boshlagani bu boradagi saʼy-harakatlarning mantiqiy davomidir.

— Fargʻona viloyati isteʼdodli futbolchilar tayyorlashda oʻziga xos tajriba maktabiga ega, — deydi futbol faxriysi, taniqli murabbiy Tohir Kopadze. — Ayni paytda ham ilk saboqlarni Fargʻona futbol maktabida olgan koʻplab isteʼdodli yoshlar futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi, mamlakatimizning eng mashhur klublari hamda xorijdagi turli chempionatlarda muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda.
Ishonamizki, barcha zamonaviy sharoitlar muhayyo etiladigan ushbu futbol maktabidan ham yaqin kelajakda mahoratli sportchilar yetishib chiqadi.
Tantanali marosimda futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kopadze ishtirok etib, maktabga qabul qilingan ilk oʻquvchilarni samimiy qutladi. Boʻlajak futbolchilarga milliy terma jamoa va Fargʻona viloyati hokimligi mutasaddilari tomonidan esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

Taʼkidlab oʻtilganidek, mazkur futbol maktabi faoliyatini jahon andozalari darajasida kengaytirish uchun Fargʻona shahri hududidan 3 gektar yer ajratib beriladi. Shuningdek, bir yil ichida ayni yoʻnalishda ulkan tajribaga ega Yevropaning yetakchi klublari bolalar futbol akademiyasi loyihasi boʻyicha bino-inshootlar bunyod etiladi. Barcha zamonaviy qulayliklar yaratiladi.
Botir MADIYOROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring