“Tilga kirgan” Netanyahu, qoʻmondon oʻlimi va Britaniyada “sensatsiya” (+video)
Isroil hujumi oqibatida “Hizbulloh” qoʻmondoni halok boʻldi
Livan janubida “Hizbulloh”ning yuqori martabali qoʻmondonlaridan biri Isroil hujumi oqibatida halok boʻlgan.
Shundan soʻng guruh Isroilga qarshi raketa zarbalarini berdi. Yahudiylar davlati harbiylarining aytishicha, Livan janubi-gʻarbiy qismidan Isroilga qarshi kurashga masʼul boʻlgan boʻlinma qoʻmondoni Muhammad Nosir yoʻq qilingan.
Livandagi ikki xavfsizlik manbasiga koʻra, Nosir “Hizbulloh”ning hozirgacha halok boʻlgan qoʻmondonlarning eng martabalilaridan biri hisoblanadi.
Guruh bunga javoban Isroil harbiy bazasiga 100 ta “Katyusha” va chegara yaqinidagi Kiryat Shmona shahridagi boshqa bazaga Eronda ishlab chiqarilgan “Falaq” raketalarini uchirgan.
Isroilning “Channel 12” teleradiokompaniyasi Livandan Isroil shimoliga oʻnlab raketalar uchirilganini xabar qildi. Qurbonlar haqida maʼlumot berilmagan. Raketalarning aksariyati ochiq maydonga qulagan, baʼzilari tutib olingan.
“Reuters” maʼlumotlariga koʻra, Isroilning Livandagi hujumlarida 300 dan ortiq “Hizbulloh” jangchisi va 87 nafar tinch aholi vakili halok boʻlgan.
Isroil tomoni esa Livan zarbasi oqibatida 18 askar hamda 10 tinch aholi halok boʻlganini maʼlum qildi.
Britaniya saylovlarida “sensatsiya”
Buyuk Britaniyadagi umumiy saylovlarda Kir Starmerning Leyboristlar partiyasi mutlaq koʻpchilikni qoʻlga kiritib, gʻalaba qozondi. Buni xalqaro OAVlar katta “sensatsiya” sifatida talqin qilishgan.
Qayd etilishicha, ushbu saylovda leyboristlar kamida 326 oʻringa ega boʻldi. Bu esa Vakillar palatasida zarur boʻlgan 320 oʻrindan koʻp deganidir. Ushbu gʻalaba Starmerni Buyuk Britaniyaning navbatdagi Bosh vaziri boʻlish yoʻlidagi eng katta qadamdir.
2022-yil 25-oktyabridan beri Birlashgan Qirollik bosh vaziri lavozimida ishlayotgan Rishi Sunakning Konservativ partiyasi tarixiy magʻlubiyatga uchradi. Bu esa katta ehtimol bilan uning kursisidan “ayrilib” qolishini anglatadi. Konservatorlar Vakillik palatasida atigi 131 ta joyni egallay olishgan.
Putinning “Tolibon” boʻyicha siyosati oʻzgarmoqda
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Tolibonni Rossiyaning terrorizmga qarshi kurashdagi ittifoqchilari deb atadi. Putin “Tolibon” ham Afgʻonistondagi barqarorlikdan manfaatdor ekaniga ishonch bildirdi.
“Umuman olganda, biz “Tolibon” harakati mamlakatdagi hokimiyatni nazorat qilayotganidan xulosa qilishimiz kerak va shu maʼnoda, terrorizmga qarshi kurashda “Tolibon” biz uchun ittifoqchidir”, — degan Rossiya rahbari.
Shuningdek, uning qoʻshimcha qilishicha “Tolibon” tomonidan bu yoʻnalishda ishlash borasida bir qancha takliflar olgan.
Eslatib oʻtamiz, BMT va Rossiya 2003-yildan buyon “Tolibon” ni terrorchi tashkilot sifatida koʻradi.
Gʻazo sulhi qayta jonlandi
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu HAMAS bilan garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha kelishuvni muhokama qilish uchun muzokarachilar guruhini yuborishga qaror qildi.
Ushbu kelishuvni Isroil nomidan AQSH prezidenti Jo Bayden may oyining oxirida eʼlon qilgan edi. HAMASning ushbu dasturga toʻliq munosabati hali eʼlon qilinmagan. Ammo Falastin rasmiysining “BBC” ga aytishicha, guruh Bayden taqdim etgan reja boʻyicha toʻliq oʻt ochishni talab qilmayapti.
HAMASning yangi shartlariga koʻra, Isroil askarlari Gʻazoning Misr bilan janubiy chegarasi boʻylab va Gʻazo hamda Misr oʻrtasidagi Rafah oʻtish joyidan chiqib ketishi kerak.
AQSH maʼmuriyatining yuqori martabali mulozimiga koʻra, HAMAS oʻz pozitsiyasiga muhim tuzatishlar kiritishga rozi boʻlgan.
“Bizda muhim oʻzgarishlar bor, ammo bu kelishuv bir necha kun ichida yopiladi degani emas”, degan AQSH rasmiysi. Uning qoʻshimcha qilishicha Bayden va Netanyahu payshanba kuni telefon orqali suhbatlashib, garovga olinganlar va sulh muzokaralarini muhokama qilgan. Netanyahuga koʻra, yahudiy davlati muzokaraga delegatsiya joʻnatishga tayyor. Urushni esa barcha xohishlari amalga oshganidan soʻng tugatishi mumkin.
Shuningdek, chorshanba kuni HAMAS siyosiy rahbariyati kelishuvga erishish uchun muhokama qilayotgan gʻoyalar yuzasidan Misr va Qatar vositachilari bilan bogʻlanganini aytdi.
Shu paytgacha guruh urushni toʻxtatish va Isroil qoʻshinlarini Gʻazodan toʻliq olib chiqib ketishni talab qilib kelgan. Isroil esa HAMASni yoʻq qilmagunicha janglarda faqat vaqtinchalik tanaffuslarni qabul qilishini aytib keladi.
“Faqat ikkimiz” — Tramp Baydenga yakkama yakka “jang” taklif qildi
AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden moderatorsiz debatlarda oʻz malakasini namoyish eta oladi. Ushbu fikrlarni Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp aytib oʻtdi.
Koʻplab siyosatchilar va jurnalistlar Demokratik partiya Baydendan voz kechib, boshqa nomzodni koʻrsatishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Nazariy jihatdan, bunday imkoniyat avgust oyida boʻladigan kongressda paydo boʻladi. Amalda, praymerizda gʻalaba qozongan siyosatchining oʻzi ishtirok etishdan bosh tortmasa, uni musobaqadan chetlashtirish qiyin.
Nomzodlar oʻrtasidagi ikkinchi debat 10-sentyabrga belgilangan. AQSHda prezidentlik saylovlari 5-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring