Til oʻrganuvchilar diqqatiga: TOEFL iBT sertifikati baholash mezonlariga oʻzgartirish kiritildi
TOEFL iBT sertifikati baholash mezonlariga oʻzgartirish kiritildi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali maʼlumot berdi.
Xabarda aytilishicha, endilikda TOEFL har bir boʻlim uchun 1.0 dan 6.0 gacha ball tizimini qoʻllaydi. Bu ballar 0.5 band oraligʻida olinadi (masalan, 1.0, 1.5, 2.0 … 6.0). Har bir boʻlim — Reading, Listening, Speaking va Writing — oʻz alohida ballini oladi. Imtihonning umumiy balli esa toʻrt boʻlim ballarining oʻrtacha qiymati boʻyicha, eng yaqin 0.5gacha (half-band) yaxlitlanadi.
Masalan: Reading — 5.0, Listening — 4.5, Speaking — 5.0, Writing — 4.5 boʻlsa, oʻrtacha 4.75 boʻlib, yakuniy ball 4.5 deb beriladi.
Bildirilishicha, ushbu yangilanish til oʻrganish darajasini baholaydigan xalqaro standart — CEFR (Common European Framework of Reference for Languages) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlanish maqsadida amalga oshirilgan.
2026-yil 21-yanvardan 2028-yilgacha boʻlgan muayyan oʻtish davrida, imtihon natijalarida yangi 1–6 shkala bilan birga eski 0–120 tizimi boʻyicha ham ball koʻrsatiladi. Maʼlumot uchun, TOEFL iBT jami uch soat davom etadi. Bu vaqt ichida test topshiruvchi 4 ta koʻnikma: Reading, Writing, Speaking va Listening boʻyicha imtihon topshiradi.

Har bir boʻlim boʻyicha vaqt chegarasi quyidagicha:
- Speaking uchun 17 daqiqa;
- Writing uchun 50 daqiqa;
- Reading uchun 54-72 daqiqa;
- Listening uchun 41-57 daqiqa.
Eslatib oʻtamiz, TOEFL iBT akademik litseylar, oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimiga xorijiy til boʻyicha ishga qabul qilishda hamda maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda inobatga olinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring