Tibbiyotni boshqarish boʻyicha sertifikati bor ayrim rahbarlarga 100 foiz ustama toʻlanadi

11:30 22 May 2025 Jamiyat
120 0

Illyustrativ foto

Tibbiyotni boshqarish boʻyicha sertifikatga ega ayrim rahbar va ularning oʻrinbosarlariga ustama toʻlanadi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Bunda tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlari va tibbiyot muassasalarida rahbarlar uchun tibbiyotni boshqarish boʻyicha oʻquv dasturi yoʻlga qoʻyiladi.

Dastur yakuni boʻyicha sertifikatga ega boʻlgan rahbarlarga oylik lavozim maoshining 100 foizi, rahbar oʻrinbosariga esa 80 foizi hamda bosh hamshiraga 50 foizi miqdorida ustama beriladi.

Shuningdek, rahbar xodimlar uchun KPI belgilanadi hamda oylik lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda ustama joriy etiladi.

Taʼkidlash joiz, 1 yil davomida KPI boʻyicha ijobiy, yaʼni 56 foizdan yuqori natija koʻrsatmagan rahbar xodimlar lavozimidan ozod qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер