Tibbiyot muassasalari oʻrtasida sogʻlom raqobat kuchayadi
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 7-oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishdi.
Mazkur muassasa soʻnggi bor 1991-yilda kapital, 2018-yilda esa joriy taʼmirlangan. Uning quvvati 250 qatnovga moʻljallangan boʻlib, hududdagi 8 ta mahallada yashovchi 41 ming nafar aholiga xizmat koʻrsatib kelmoqda. Yordamchi boʻlimlardan fizioterapiya, funksional diagnostika, endoskopiya, markaziy klinik laboratoriya, rentgen, ultratovush diagnostikasi hamda kunduzgi shifoxona faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Hozirgacha hududdagi aholining 93 foizi toʻliq xatlovdan oʻtkazilib, 5 ming 518 nafar fuqaro uchun sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari belgilandi.
Davlatimiz rahbari poliklinikani zamonaviy tarzda kapital taʼmirlash, aholiga har tomonlama qulaylik yaratish boʻyicha topshiriqlar berdi. Mavjud diagnostika uskunalari maʼnan eskirganligi sababli yangilariga almashtirish lozimligi taʼkidlandi.
- Ambulator va statsionar tibbiy xizmatni oʻzida jamlagan yangi tajribani amaliyotga joriy qilish kerak. Oilaviy poliklinikalarga biriktirilgan aholiga sifatli va arzon xizmat koʻrsatish tizimiga oʻtish orqali hududdagi shifoxonalar bilan sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish lozim, - dedi Prezident.
Shu yerda Mirzo Ulugʻbek tumanidagi tibbiyot muassasalari faoliyati haqida maʼlumot berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring