Tibbiy xizmat koʻrsatish sifati yanada yaxshilandi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy poliklinikaning 1-filiali binosi tubdan qayta taʼmirlanib, zamonaviy tibbiy xizmat koʻrsatuvchi maskanga aylantirildi.
— Taʼmirlash ishlaridan soʻng funksional diagnostika, EKG, UZI, laboratoriya, ishonch, oila va nikoh xonalari zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlandi, — deydi Andijon viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi xodimi Mufazzalsho Muhammadiyev. — Natijada aholini ushbu muassasaga toʻliq qamrab olish imkoni yaratildi.
1 milliard 200 million soʻmlik loyiha asosida amalga oshirilgan ishlar tufayli 7 ta mahallada istiqomat qiluvchi 29 ming 463 nafar aholi qulay sharoitga ega boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring