Tezkor shaxmat boʻyicha norvegiyalik Magnus Karlsen chempion boʻldi
Foto: “Xalq soʻzi”
Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan jahon chempionatida erkak shaxmatchilar oʻrtasidagi bellashuvlar 13 partiyadan iborat boʻldi.
Bahslar yakuniga koʻra, 13 imkoniyatdan 10 ochko jamgʻargan norvegiyalik Magnus Karlsen tezkor shaxmat boʻyicha jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor boʻldi. U avval 2014, 2015, 2019 va 2022-yillarda ham tezkor shaxmatda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan edi.

Ikkinchi oʻrinni 9,5 ochko bilan Sloveniya vakili Vladimir Fedoseyev egalladi. Uchinchi oʻrin esa 9 ochko jamgʻargan xitoylik Yu Yang Yiga nasib etdi. Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 9 ochko bilan 11-pogʻonani egalladi.

Ayollar bahsi 11 partiya davom etdi. Yakunda FIDE bayrogʻi ostida dona surgan xalqaro neytral sportchi Anastasiya Bodnaruk 8,5 ochko bilan chempion boʻldi. Ikkinchi oʻrinni hindistonlik sportchi Humpi Koneru egalladi. Xitoylik Ley Tingjiga esa uchinchi oʻrin nasib etdi.

Hamyurtlarimiz orasidagi eng yaxshi natija Afruza Hamdamovaga tegishli boʻldi. U 11 ta imkoniyatdan 6,5 ochko jamgʻarib, 34-oʻrin bilan kifoyalandi.
Endi navbat blis yoʻnalishi bahslariga. Shaxmatning bu yoʻnalishida yurtimiz sportchilariga gʻalabalar tilab qolamiz.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring