Tezkor-qidiruv harakatlari davomida qiymati salkam 212 mln. soʻmlik huquqbuzarlik holati fosh etildi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi tezkor xodimlari tomonidan viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralarining qoʻshma farmoyishiga muvofiq, Toshkent viloyati prokuraturasida tuzilgan shtab doirasida respublika hududiga sifatsiz oziq-ovqat, alkogol va tamaki mahsulotlarning chegara bojxona postlari orqali kirib kelishini oldini olish yuzasidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida qiymati salkam 212 mln. soʻmlik huquqbuzarlik holati fosh etildi.
Viloyatning Qibray tumanidagi “S.Najimov” chegara bojxona postiga qoʻshni davlatdan kirib kelgan “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi IKM tasvirlari tahlil qilinib, soʻng mazkur post xodimlari bilan hamkorlikda bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, yoʻl yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, raqamli markirovka kodlari boʻlmagan 2 400 quti tamaki, 39 dona kofe mahsuloti va 750 dona «Ikra lososevaya» nomli baliq ikrasi borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring