Tez orada “Parlament oʻyinlari”ga start beriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2020-yil 30-dekabrdagi “Parlament oʻyinlari sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Bundan koʻzlangan maqsad — deputatlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishlarini taʼminlash va sogʻlom turmush tarzini shakllantirishdan iborat.
Unda deputatlar, Oliy Majlis Senati aʼzolari hamda xodimlari “Oliy Majlis Senati Raisi kubogi” uchun bahslashadilar.

Musobaqa 3 bosqichda tashkil etilib, unda erkaklar mini-futbol va voleybol boʻyicha, ayollar esa badminton boʻyicha oʻzaro musobaqalashadi. Dasturdan oʻrin olgan stol tennisi bahslarida erkak va ayollar ishtirok etadi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Musobaqaning hududiy bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalar Respublika bosqichida ishtirok etish huquqiga ega boʻladi. Gʻolib va sovrindorlar Oliy Majlis Senati Raisining kubogi, medal, diplom, shuningdek Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda homiy tashkilotlarning qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishadi.
Senat tomonidan ushbu musobaqalarning hududiy bosqichlarini oʻtkazish grafigi ishlab chiqilgan. Quyida musobaqa jadvali bilan tanishishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring