Test sinovlari uchun zamonaviy markaz
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona shahridagi Ekoshaharda test sinovlari oʻtkazish uchun maxsus qurilib, foydalanishga topshirilgan binoda zamonaviy sharoit muhayyo etilgan.
Bilim va malakalarni baholash agentligi Fargʻona viloyati boʻlimi tasarrufidagi ushbu bino bir paytda oʻz bagʻriga 1200 nafargacha talabgorni sigʻdira oladi. Jahon andozalari darajasida jihozlangan markazda zamonaviy kompyuterlar, quloqchinlar, elektron doskalar, videokuzatuv moslamalari kabi barcha qulayliklar mavjud.

— Shu yilning oʻtgan davrida 14 ta fan yoʻnalishida chet tili boʻyicha sertifikat olish uchun qariyb 23 ming nafar, 7 ta fan yoʻnalishida milliy sertifikat olish uchun esa 40 ming nafar talabgor imtihon topshirdi, — deydi Bilim va malakalarni baholash agentligi Fargʻona viloyat boʻlimi rahbari Ismoilxon Shokirov. — Ayni kunlarda oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun test imtihonlarini oʻtkazishga jiddiy hozirlik koʻrilmoqda. Bundan koʻzlangan maqsad markazda bilimdon yoshlar uchun sinovlar adolatli va shaffof tashkil etilishini taʼminlashga qaratilgan.
Umuman olganda, bugungi kunda markazda muntazam ravishda 20 ga yaqin turda, har xil soha va fanlar kesimida imtihonlar oʻtkaziladi. Shu yerning oʻzida ota-onalar uchun 500 oʻringa moʻljallangan kutish joylari, ovqatlanish shoxobchalari tashkil etilgan.

Imtihon natijalaridan norozi boʻlganlar apellyatsiya uchun ariza berishi ham onlayn elektron shaklga oʻtkazilgan. Shu tariqa oʻn besh ish kunida arizalar koʻrib chiqiladi hamda tegishli javob beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring