Termizda zamonaviy avtoshohbekat ishga tushdi
Termiz tumanida barpo etilgan yangi avtoshohbekat tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Bu majmua nafaqat tashqi koʻrinishi, balki yoʻlovchilar uchun yaratilgan qulayliklar va xizmat sifati bilan ham eʼtiborni tortmoqda.
Avtoshohbekat bir vaqtning oʻzida 950-1000 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsata oladi. Bu esa Termiz shahri va uning atrofidagi 7 ta tuman aholisi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Ayniqsa, M–41 xalqaro avtomagistrali yoʻnalishida harakatlanuvchi yoʻlovchilar uchun bu joy yangi markazga aylanmoqda.
Yangi avtoshohbekat transport tizimini yaxshilash, shaharga kirish-chiqish jarayonlarini yengillashtirish, yangi marshrutlar tashkil etish, tezkor va xavfsiz harakatni taʼminlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

— Termiz shahar — Jayraxona yoʻnalishida harakatlanuvchi 303-avtobus haydovchisiman, — deydi Shavkat Valiqulov. — Shohbekatning barpo etilgani biz, haydovchilar uchun ham katta qulaylik boʻldi. Avvalgi bekatlarda tiqilinch, notoʻgʻri joylashuv, yoʻlovchilarning qiynalishi oddiy holat edi. Bu yangi avtoshohbekatda esa hamma narsa aniq, joylar keng, navbat tizimga tushgan. Yoʻlovchilar ham rozi. Eng asosiysi — xavfsizlik taʼminlangan.
Yangi avtoshohbekatning ishga tushirilishi viloyatda transport infratuzilmasining rivojlanishiga xizmat qilar ekan, u iqtisodiy faollik va ijtimoiy qulaylikni ham oshirishi kutilmoqda. Bu kabi investitsiyaviy loyihalar Surxondaryo viloyati rivojiga katta hissa qoʻshishi shubhasiz.
Farhod ESONOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring