Termizda IT yoʻnalishida yana bir inkubatsiya markazi ochildi
Farhod Esonov/“Xalq soʻzi”. Surxondaryo viloyatida axborot texnologiyalari sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish hamda bu jarayonda yoshlarning intellektual salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida inkubatsiya markazlari tashkil etilmoqda.
Termiz shahrida Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda IT Park bilan hamkorligida tashkil qilingan navbatdagi dasturiy xizmatlarni eksport qiluvchi va masofadan turib IT xizmatlari koʻrsatuvchi BPO markazining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi.

Mazkur markazda masofaviy IT xizmatlari koʻrsatuvchi 3 ta kompaniya, xususan, “UniCall”, “Maab Innovation” va “Moonboys” kompaniyalari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ayni vaqtda ushbu kompaniyalarning Termiz shahridagi filiallarida 240 nafardan ortiq xodim, asosan, yoshlar ish bilan taʼminlangan. Kompaniyalar kelgusida vohalik 1 ming nafar yoshni IT sohasida oʻqitib, yuqori daromadli kasb egalariga aylantirishni maqsad qilgan. Shuningdek, birgina “UniCall” kompaniyasi 2024-yilda 800 ming dollarlik dasturiy mahsulotlar va xizmatlar eksportini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov, soha mutasaddilari, “IT Park” rezidentlari, kompaniyalar vakillari hamda sohada ishlash va oʻqish istagida boʻlgan yoshlar ishtirok etishdi.

Marosimda soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda axborot texnologiyalari rivojiga alohida ahamiyat qaratilayotgani, soʻnggi yillarda soha rivoji yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlarni alohida taʼkidlashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring