Termiz tumaniga ham yangi hokim tayinlandi
Qalandarov Shuxrat Iskandarovich Termiz tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 30-dekabr kuni boʻlib oʻtayotgan xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻtarilgan.
Mazkur sessiyada Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov ham ishtirok etgan. Sessiya davomida Shu vaqtga qadar Termiz tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Shuxrat Nazarov boshqa ishga oʻtganligi sababli lavozimidan ozod etilgani maʼlum qilindi.
Viloyat hokimi tuman hokimi vazifasiga Qalandarov Shuxrat Iskandarovich nomzodini taklif qildi va nomzod tuman Kengashi deputatlari tomonidan maʼqullandi. Nomzod Milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etilgan.
Maʼlumot uchun, Shuxrat Qalandarov 1981-yilda Denov tumanida tugʻilgan. 2004-yilda Termiz davlat universitetini, 2015-yilda Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi soliq akademiyasini soliqlar va soliqqa tortish mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida soliq organlarida turli vazifalarda, xususan, Termiz tumanida davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi, Termiz va Sariosiyo tumanlari hamda Termiz shahrida hokimning birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
Tayinlovga qadar Termiz tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring