Termiz–Denov yoʻnalishida yangi muntazam avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi
Surxondaryo viloyati aholisi uchun yana bir quvonchli yangilik. Viloyat Transport boshqarmasi tashabbusi bilan Termiz–Denov yoʻnalishida yangi muntazam avtobus qatnovi tashkil etildi. Ushbu qatnov uzoq yillar davomida aholini qiynab kelgan transport muammosini hal etishga qaratilgan muhim amaliy qadam boʻldi.
Maʼlumki, Denov shahri viloyat markazi — Termizdan ancha uzoq masofada joylashgan. Shu sababli mazkur yoʻnalishda qatnovchi aholi, ayniqsa talabalar, ishga qatnovchilar hamda xizmat safarida yuruvchilar uchun taksi xizmatlarining qimmatligi katta noqulaylik tugʻdirib kelayotgan edi. Bu esa fuqarolar uchun vaqt va mablagʻ sarfining ortishiga olib kelgan.
Yangi yoʻlga qoʻyilgan muntazam avtobus qatnovi mazkur muammoni bartaraf etib, aholiga arzon, xavfsiz va qulay transport xizmati koʻrsatish imkonini yaratdi.
Qatnovlar har kuni amalga oshiriladi:
Termiz shahridagi “Manguzar” avtovokzalidan — soat 14:00 da;
Denov avtovokzalidan Termiz yoʻnalishida — soat 17:00 da.
Yoʻl haqi aholi imkoniyatlarini inobatga olgan holda quyidagicha belgilangan:
Termiz – Denov: 35 000 soʻm;
Termiz – Shoʻrchi: 30 000 soʻm;
Termiz – Qumqoʻrgʻon: 20 000 soʻm;
Termiz – Jarqoʻrgʻon: 10 000 soʻm.
Qatnovlar zamonaviy, shinam va barcha zarur qulayliklar bilan jihozlangan avtobuslar orqali amalga oshirilib, yoʻlovchilarga xavfsiz hamda sifatli xizmat koʻrsatish taʼminlanadi.
Taʼkidlash joizki, mazkur tashabbus aholining kundalik hayotini yengillashtirish, hududlar oʻrtasidagi transport aloqalarini mustahkamlash va ijtimoiy harakatchanlikni oshirishga xizmat qiladi.
Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring