Tergov davomida aniqlangan kripto-aktivlarni olib qoʻyish tartibi belgilandi
“Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishda va jinoyatlarni tergov qilish davomida aniqlangan kripto-aktivlarni olib qoʻyish, xatlash, saqlash hamda topshirish tartibi toʻgʻrisidagi” yoʻriqnoma Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Unga koʻra, kripto-aktivlar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish va jinoyatlarni tergov qilish davomida xatlash, musodara qilish, yetkazilgan zararni qoplash uchun olib qoʻyilishi hamda dalil sifatida eʼtirof etilishi mumkin.
Kripto-aktivlar bilan bogʻliq tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlarini oʻtkazish kripto-aktivlar bilan ishlash koʻnikmalariga ega boʻlgan mutaxassislar ishtirokida amalga oshirilishi shart.
Quyidagi maʼlumotlar kripto-aktivlar bilan bogʻliq huquqbuzarliklarga oid axborot manbalari boʻlishi mumkin, jumladan:
▪️shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabarlar;
▪️xizmatlar provayderlari va maynerlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar;
▪️nazorat qiluvchi (litsenziyalovchi) organlarning maʼlumotlari;
▪️ochiq axborot manbalaridan olingan maʼlumotlar.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish va jinoyatlarni tergov qilish davomida kripto-aktivlar bilan bogʻliq huquqbuzarliklarga oid maʼlumotlar va dalillar quyidagilarda aniqlanishi mumkin:
axborot tashuvchi qurilmalar;
kripto-hamyonlar;
qogʻoz, bloknot yoki boshqa narsa va buyumlarda qayd etilgan qoʻlyozma va yozuvlar.
Olib qoʻyilgan, xatlangan va dalil sifatida eʼtirof etilgan kripto-aktivlarning hisobi surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan yuritiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring