Tenglik, tinchlik ayyomi bu yayragin ey dil
Foto: “Xalq soʻzi”
Navoiy viloyatida Konstitutsiyamizning 31 yillik tantanalari keng miqyosda nishonlanmoqda. Bayram arafasida bunyodkorlar tomonidan oʻnlab ijtimoiy soha obyektlari va madaniy maishiy inshootlar foydalanishga topshirildi, saxovatpesha va muruvvatli kishilar homiyligida yuzlab oilalarga bayram sovgʻalari tuhfa etildi.

Chunonchi quruvchilar viloyatning beshta hududida “Obod xonadon — obod koʻcha — obod mahalla” loyihasi asosida mahalla fuqarolari yigʻinlarining yangi binolari ramziy kalitlarini topshirishgan boʻlsa, Navoiy shahridagi 4 va 21-umumtaʼlim maktablari, Karmana tumanidagi 7-davlat maktabgacha taʼlim muassasasi mutlaqo yangi qiyofada eshiklarini ochdi.
Bayramning asosiy shodiyonasi Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida oʻtkazilib, unda barcha shahar va tumanlardan tashrif buyurgan mehnat ilgʻorlari, mahalla faollari va ilm ahli hamda yoshlar ishtirok etishdi.

Viloyat hokimi N. Tursunov tantana ishtirokchilarini mamlakatimiz Konstitutsiyasining yana bir yoshga ulgʻayganligi bilan qutlab, joriy yilning 30-aprel kuni umumxalq referendumi orqali yangi tahrirda qabul qilingan Asosiy Qonunimiz erishilayotgan barcha yutuqlarning poydevori boʻlayotganligiga eʼtibor qaratdi.
Anjumanning badiiy qismida viloyat sanʼat ustalari va estrada yoʻnalishidagi yosh sanʼatkorlar ijrosida bayram konserti namoyish etildi.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring