“Temu” platformasi Oʻzbekistonda bloklanadi

15:05 04 Mart 2025 Jamiyat
312 0

Oʻzbekiston qonunchiligi talablariga muvofiq, 20-martdan “Temu” platformasidan foydalanish cheklanadi. Bu haqida Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, Fuqarolarga “Temu” platformasidan buyurtma bermaslik, oldinroq rasmiylashtirilgan buyurtmalarni esa bekor qilish va pulni qaytarishni soʻrash tavsiya qilingan.

Maʼlum qilinishicha, elektron tijorat operatorlari, xususan, elektron savdo platformalari operatorlari sifatida faqat yuridik shaxslar — Oʻzbekiston rezidentlari faoliyat yuritishi mumkinligi belgilangan.

“Xorijiy elektron savdo platformalari, xususan, "Temu” faoliyatini oʻrganish jarayonida elektron tijorat, chakana savdo, reklama, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmayotganlik holatlari aniqlandi», deyiladi xabarda.

Soliq qoʻmitasi tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida bugungi kundan boshlab fuqarolarga “Temu” platformasida buyurtma bermasliklarini soʻramoqda.

Agar buyurtma bundan oldin amalga oshirilgan boʻlsa, platformada toʻlovni qaytarishni tashkil etish tavsiya etiladi, deb qoʻshimcha qilinadi qoʻmita xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер