Temiryoʻlga qoʻyib ketilgan beton boʻlagiga tezyurar “Afrosiyob” poyezdi borib urildi
Samarqand viloyatida temiryoʻlga beton boʻlagi qoʻyib ketildi. Natijada temiryoʻlda harakatlanib kelayotgan “Afrosiyob” tezyurar poyezdi ushbu beton boʻlagiga kelib urilgan. Bu haqda “Oʻztemiryoʻllari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, voqea 2025-yil 14-yanvar kuni soat 23:15 da Ziyovuddin va Navoiy stansiyalari oʻrtasidagi 3872 kilometrlik yoʻlda Toshkent-Buxoro yoʻnalishida ketayotgan 772-sonli “Afrosiyob” tezyurar poyezdi bilan sodir boʻlgan.
Buxoroga ketayotgan “Afrosiyob” poyezdi mashinistlari temir yoʻlga qoʻyib ketilgan beton shpalni oʻz vaqtida payqagan hamda favqulodda tormozlashni ishga tushirgan. Mashinistlarning professional harakatlari tufayli jiddiy oqibatlarning oldi olingan.
Poyezd toʻxtatilgach, zudlik bilan texnik guruh tomonidan koʻrikdan oʻtkazilgan. Maʼlum darajada shikastlanganiga qaramay, poyezd keyingi harakatlanish uchun xavfsiz deb topilgan va oʻz yoʻnalishini davom ettirgan. Poyezd soat 01:27 da Buxoro vokzaliga yetib kelgan.
Xabarlarga koʻra, poyezdda 133 nafar yoʻlovchi boʻlgan. Voqea natijasida tan jarohati olganlar aniqlanmagan.
Voqea joyiga zudlik bilan “Ziyovuddin” temir yoʻl masofasi mutaxassislari, Buxoro mintaqaviy uzelining xodimlari va transport xavfsizligini taʼminlash xizmati xodimlari yetib kelgan. Hozirda voqea sabablari va holatlari tekshirilmoqda, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring