Temiryoʻl chiptalarida 800 mingga yaqin kishidan undirilgan ortiqcha pullar qaytariladi

16:38 30 Iyun 2025 Jamiyat
345 0

Illyustrativ foto

Temiryoʻl chiptalari boʻyicha 800 mingga yaqin odamdan undirilgan ortiqcha pullar qaytariladigan boʻldi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum boʻlishicha, temiryoʻlda yoʻlovchi tashish xizmatlari boʻyicha qoʻmita chiqargan qaror sud instansiyalari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi va qonunbuzilish holati bartaraf etildi.

Qoʻmita maxsus komissiyasi tomonidan 2024-yilda olib borilgan oʻrganishlarga koʻra, “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ va “Shahar atrofida yoʻlovchi tashish” MCHJ tomonidan sotilgan chiptalardan vositachilik yigʻim qiymati boʻyicha umumiy hisobda jami 792 186 nafar isteʼmolchidan ortiqcha haq undirilgani aniqlangan.

Qoʻmita mazkur jamiyatlarga ortiqcha undirilgan pullarni isteʼmolchilarga qaytarish, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida koʻrsatma bergan.

Shunga qaramasdan, ushbu korxonalar qoʻmita qarori yuzasidan norozi boʻlib, sudga murojaat qilgan. Biroq bir necha sud instansiyalarining hal qiluv qarorlari bilan “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ va “Shahar atrofida yoʻlovchi tashish” MCHJlarning arizalarini qanoatlantirish rad qilinib, qoʻmita maxsus komissiyasining qarori va koʻrsatmasi oʻz kuchida qoldirildi ortiqcha olingan mablagʻlarni qaytarishi va moliyaviy jarima toʻlashi belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер