Teleboshlovchi Ramina Yagafarovaning oʻlimi yuzasidan prokuratura qayta oʻrganish boshladi

16:01 01 Iyul 2024 Jamiyat
455 0

Arxiv foto

Bosh prokuratura fuqaro Diana Irtuganova (Yagafarova)ning marhuma jurnalist Ramina Yagafarovaning vafot etganligi holati yuzasidan oʻtkazilgan tekshirish natijalaridan norozi ekanligi haqidagi yozma va videomurojaatlari oʻrganilayotganini maʼlum qildi.

2023-yil 13-sentyabr kuni 31 yoshida Toshkentdagi xususiy klinikalarning birida vafot etgan “Dunyo boʻylab” telekanalining “Svoimi glazami” koʻrsatuvi boshlovchisi Ramina Yagafarovaning oʻlimi yuzasidan marhumaning singlisi va advokat Shuhrat Qayumovning Chilonzor tuman prokuraturasi jinoiy ish qoʻzgʻatishdan bosh tortganini bildirgan edi.

«Maʼlum qilamizki, 2023-yil 13-sentyabr kuni jurnalist Ramina Yagafarova vafot etganligi holati yuzasidan ommaviy axborot vositalari vakillarining soʻroviga javoban dastlabki maʼlumotlar asosida tayyorlangan tezkor rasmiy izoh taqdim etilgan.

Izohda 2023-yil 14-sentyabr kungi dastlabki tibbiy maʼlumotnomaga asoslanib, “marhumaning oʻlimi dori-darmonlarga allergik reaksiya (levofloksatsin), miya va oʻpkaning oʻtkir shishishi, oʻtkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, anafilaktik shok oqibatida yuzaga kelganligi” koʻrsatilgan.

Sud-tibbiyot ekspertizasining 01.11.2023-yildagi yakuniy xulosasida esa marhuma R. Yagofarovaning oʻlimi-yuqori nafas yoʻllarini qusuq massalari bilan berkilishi natijasida mexanik asfiksiya-aspiratsion sindromdan yuz berganligi qayd etilgan.

Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshirish natijasiga koʻra, marhuma R.Yagafarovaning vafot etganligi holatida jinoiy hodisa yuz bermaganligi sababli, jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.

Hozirda Diana Irtuganovaning murojaatlarida keltirilgan vajlar asosida Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan qabul qilingan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad qilish haqidagi qarori nazorat tartibida oʻrganilmoqda», deyiladi xabarda.

“MittiVine” taxallusi bilan ijod qilib kelgan taniqli vayner va bloger Farhod Mannopov 2023-yil 5-martga oʻtar kechasi xususiy klinikalarning birida vafot etgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер