Tekshiruvchilar bilim va koʻnikmasini oshirdi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon shahrida nazorat qiluvchi organlar xodimlari uchun tadbirkorlar hamda tekshiruvchilarning huquq va majburiyatlariga doir bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Biznes-ombudsman devoni tomonidan tashkil etilgan mazkur malaka oshirish kursida viloyatdagi 14 ta nazorat organidan maxsus guvohnomaga ega boʻlgan 300 dan ortiq xodim ishtirok etdi.

— Prezidentimizning 2024-yil 14-noyabrda qabul qilingan “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan, 2025-yildan boshlab har ikki yilda bunday oʻquvlar majburiy tarzda tashkil etiladi, — deydi Biznes-ombudsman devonining Andijon viloyatidagi shoʻba masʼul xodimi Nodirbek Tojiboyev. — Bu orqali nazorat organlari xodimlarining tekshirish jarayonidagi huquqiy madaniyati va masʼuliyati oshadi. Ayniqsa, tadbirkorlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini taʼminlash va ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Seminar davomida ishtirokchilarga tekshirish qoidalari, monitoring va jamoatchilik nazorati, profilaktik chora-tadbirlar boʻyicha amaliy maʼlumotlar berildi. Yakuniy test sinoviga koʻra, 348 nafar ishtirokchidan 302 nafari muvaffaqiyatli natija qayd etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring